Страница новостей

image
Фото
O'zbekiston sharafini yuksaklarga ko'tarayotgan O'zDJTSU talabalari!

Joriy yilning 26 martidan 7 apreliga qadar Markaziy Osiyo mamlakatlari o'rtasida tog' chang'i sport turi bo'yicha musobaqalar bo'lib o'tdi. ahamiyatlisi, musobaqada O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Qishki sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi talabalari ham ishtirok etib, yurtimiz sharafini munosib ravishda himoya qilishdi! Unga ko'ra: Arman Gaipov – slalom va slalom gigant yo'nalishlarida 2-o'rinni qayd etib, slalom gigantida umumiy hisobda 3-o'rinni; Medet Nazarov –kombinatsiya (slalom-slalom gigant) 1-o'rin U-21, umumiy hisob 3-o'rin, slalom gigant yo'nalishida 1-o'rin, umumiy hisobda 1-o'rin; Aqilbek Buxarboyev – slalom gigantda 2-o'rin, kombinatsiyada esa 3-o'rin va U-21 super gigantda 3-o'rinlarni zabt etdilar. Sportchilarimizni ushbu g'alabalari bilan muborakbod etamiz!

Фото
Qishki sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedraning talabalari tog' chang'i bo'yicha markaziy osiyo kubogida ishtiroki.

30 yanvar kuni Qirg'iziston Respublikasidagi “Orlovka” tog'-chang'i dam olish maskani Markaziy Osiyo mamlakatlari o'rtasida tog' chang'isi bo'yicha musobaqalar boshlandi. Ushbu tadbir doirasida FIS startlardan tashqari, ishtirokchilar nufuzli musobaqalarda qatnashish uchun zarur bo'lgan FIS ballarini oshirishlari mumkin bo'ladi. Talabalarimiz Gayupov Arman 2 ta bronza medal Nazarov Medet 1 kumush medal 1 bronza medal Kovaleva Valeriya 1 kumush medal 3 bronza medali. Musobaqa 5 fevralgacha bo'lib o'tadi.

Фото
O'zDJTSU talabalari qishki universiadada ishtirok etadi!

Xabaringiz bor, joriy yilning 12-22-yanvar kunlari XXXI Butunjahon qishki Universiada o'yinlariga AQSh mezbonlik qilmoqda. Musobaqalar Leyk-Plesid shahrida bo'lib o'tadi. Dunyoning 50 dan ortiq mamlakati ishtirok etishi ko'zda tutilayotgan mazkur musobaqada O'zbekiston delegasiyasi ham qatnashadi. Hamyurtlarimiz tog' chang'isi, snoubord hamda figurali uchish sport turlarida jami 13 nafar atlet bilan bugun erta tongda okean ortiga yo'l oldi. E'tiborli jihati shundaki, ularning 6 nafari O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalaridir!